Mazkur retsept asosida tayyorlangan yegulik Hindiston va Yaqin Sharqdagi eng mashhur shirinliklardan sanaladi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kanadalik qo‘shiqchi Tesher va amerikalik Jeyson Derulo ismli xonandalar tomonidan kuylangan “Jalebi baby” nomli qo‘shiq qisqa fursat ichida ommalashib ketgan. Klip 2021-yilning 13-iyulida YouTube’ga joylangan, hozirgacha 73 million marta tomosha qilingan. Klip tufayli qiziqish uyg‘ongan “Jalebi”ni qanday tayyorlanishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Kerakli mahsulotlar:
- un — 125 g;
- razrixlitel — 1 choy qoshiq;
- tuz — 1 choy qoshiq;
- yogurt — 3 osh qoshiq;
- maydalangan kardamon — 1,5 choy qoshiq;
- zarchava — 1,4 qoshiq;
- suv — 240 ml;
- shakar — 200 g;
- za’faron — bir chimdim;
- limon sharbati;
- o‘simlik yog‘i — 500 ml.
Tayyorlanish jarayoni:
- Unga razrixlitel va soda qo‘shib aralashtiring;
- Yogurt va kardamonning yarmini qo‘shib aralashtiring.
- Zarchava, suv va kardamonni sanchqi yordamida aralashtiring.
- Xamirni ustini yopib 10–12 soatga xonada qoldiring.
- Shakar bilan suvdan qiyom tayyorlab oling.
- Kardamonning yarmi, za’faron va limon sharbati qo‘shib 5 daqiqa qaynating.
- Xamirni sanchqi bilan aralashtirib butilka yoki qandolat qopchasiga soling.
- Qizigan yog‘ga xamirni spiral shaklida soling.
- Har ikki tomonini 2-3 daqiqa qovurib oling.
- Pishishi bilan qiyomga botirib oling va tarelkaga terib chiqing.
Yoqimli ishtaha!