Ingichka xamir ichiga solib pishirilgan go‘shtli “nachinka” bilan yegulik yanada xushta’m bo‘ladi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- suv — 300 ml;
- tuz — 2 choy qoshiq;
- o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
- sut — 50 ml;
- un — 500 g;
- piyoz — 2-3 dona;
- qiyma — 450 g;
- murch, maydalangan qizil qalampir — 1 choy qoshiq;
- maydalangan sarimsoq — 1 choy qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
- Qaynagan suvga 1 choy qoshiq tuz va yog‘, sut qo‘shing.
- Un solib xamir qoring.
- Ustini paket bilan yopib qo‘ying.
- Blender bilan maydalangan piyozga qiyma, tuz, murch va boshqa ziravorlarni soling.
- Xamirni 12-14 bo‘lakka bo‘ling.
- Bo‘laklarni yupqa qilib yoying.
- Bir qismiga qiyma solib xamirni buklang.
- Chetlarini biriktiring.
- O‘simlik yog‘i solingan tovada qizartirib qovurib oling.
- Qog‘oz salfetka ustiga qo‘ying, ortiqcha yog‘ini shimib olsin.
Yoqimli ishtaha!