Pechda tayyorlanadogan zapekankani pishirish juda oson. Ziravorlar va souslar esa taomga xushbo‘ylik beradi.

 — Manba: «Dary nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • guruch — 70 gramm;
  • piyoz — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • qovoqcha — 1 dona;
  • pishloq — 50-70 gramm;
  • tuxum — 3 dona;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Guruch ozgina tuzlangan suvda pishirib olinadi va sovutishga qo‘yiladi.
  2. Piyozni mayda to‘g‘rab, qizdirilgan yog‘da o‘rta olovda 3-5 daqiqa davomida qovuriladi.
  3. Qovoqcha ham uzunchoq yoki mayda to‘g‘raladi. Pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  4. Qovoqcha guruch, tuxum, piyoz, tuz va murch bilan aralashtiriladi. Pishloqning taxminan 2/3 qismi qo‘shiladi.
  5. Aralashma yog‘langan qolipga solinadi. Pishloqning qolgan qismi ustiga sepiladi.
  6. Taxminan 30-35 daqiqa davomida 180 daraja pechda pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz