Shokolad qo‘shib tayyorlanadigan bo‘tqa nonushta uchun ayni muddao.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- suli yormasi — 1 stakan;
- suv — 1 stakan;
- sut — 1 stakan;
- shokolad — 20 gr;
- yong‘oq.
Tayyorlanish jarayoni:
- Suli yormasini sut va suvga solib iviting.
- Tuz solib, 15 daqiqa past olovda qaynating.
- Shokolad soling va olovni o‘chiring.
- Yong‘oq bilan bezang.
Yoqimli ishtaha!