Mazali shirinlikni nafaqat nonushtaga, balki kunning istalgan vaqtida iste’mol qilishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • olma — 4 dona;
  • limon sharbati — 1 osh qoshiq;
  • shakar — 200 gr;
  • mayiz — 150 gr;
  • maydalangan dolchin — 1-2 osh qoshiq;
  • qat-qat xamir — 250 gr;
  • tuxum — 1 dona;
  • sut — 60 ml;
  • shakar kukuni.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Olmaning uchtasini yupqa qilib kesing, to‘rtinchisini qirg‘ichdan chiqaring.
  • Ustidan limon sharbati quying.
  • Shakar, mayiz va dolchin qo‘shib aralashtiring.
  • Xamirni ikkiga bo‘lib, yupqa qilib yoying.
  • Qandolat qog‘ozi solingan list ustiga xamir soling.
  • Xamirning yarmiga nachinkani solib, ikkinchi yarmi bilan ustini yoping.
  • Chetlarini biriktirib chiqing.
  • Chaqilgan tuxum va sut aralashmasini xamir ustiga surting.
  • Ustidan pichoq bilan nomiga tilib chiqing.
  • 200 daraja qizigan pechda 35-40 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Ustidan shakar kukunini sepib chiqing.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz