Mazkur retsept asosida tayyorlangan sousni hech ikkilanmasdan go‘sht va tovuqli taomlar, shuningdek, istalgan garnirga qo‘shib iste’mol qilsangiz bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • pomidor — 2500 g;
  • sarimsoq piyoz — 1 ta;
  • qalampir — 1-2 dona;
  • tuz — 0,5 osh qoshiq;
  • shakar — 1 osh qoshiq;
  • quritilgan shivit.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Pomidorni bir necha daqiqa qaynagan suv soling, olgandan keyin po‘stini arting.
  • Blenderda aralashtiring.
  • Baland olovga qo‘yib qaynating, qaynab chiqqanidan keyin olovni pasaytiring (quyilgunicha taxminan 1-1,5 soat olovda tursin)
  • Sarimsoq va qalampirni maydalang.
  • Tuz va ziravorlar bilan qo‘shib aralashtiring.
  • Ziravorli aralashmani pomidorga qo‘shib yana 10 daqiqa qaynating.
  • Tayyor sousni sterillangan bankalarga solib chiqing.
  • Ustini issiq qilib o‘rab qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz