Ushbu shirinlikni nafaqat ertalab, balki kechki ovqatdan keyin ham iste’mol qilsa bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Elle

Kerakli mahsulotlar:

  • sariyog‘— 150 g;
  • shakar — 350 g;
  • tuxum — 3 dona;
  • un — 350 g;
  • razrixlitel — 1 choy qoshiq;
  • tuz;
  • chernika — 400 g;
  • smetana — 350 g;
  • vanilin — 10 g.

Tayyorlanish jarayoni:

  • sariyog‘ga 2 osh qoshiq shakar, 1 dona tuxum, razrixlitel, tuz va un qo‘shib xamir qoring.
  • xamirni plyonkaga solib 30-40 daqiqaga sovitkichga qo‘ying.
  • smetanaga vanilin va 300 gramm shakar qo‘shib aralashtiring.
  • ikkita tuxumni sanchqi bilan yaxshilab aralashtiring,
  • xamirni 5 millimetr qalinlikda yoyib, maxsus idishga soling.
  • ustidan smetanali aralashmani quyib, chernikani terib chiqing,
  • 180 daraja olovda 1 soat davomida pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz