Ushbu mazali salatga soatlab vaqt sarflash shart emas.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar: 

  • tuxum – 5 dona; 
  • bodring – 3 dona; 
  • ko‘k piyoz – bir bog‘; 
  • arpabodiyon – bir bog‘; 
  • mayonez yoki smetana – 3 osh qoshiq; 
  • tuz va ziravorlar. 

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuxumlar qaynatilib, to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi.
  2. Ko‘katlar va bodring mayda to‘g‘raladi.
  3. Tuz va ziravorlar sepib, mayonez bilan aralashtiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz