Nonushta uchun faqat qovurilgan tuxum va quymoq tayyorlayverishdan zerikdingizmi? Unda sizga yangicha taom — tuxumli kokot pishirishni tavsiya qilamiz. Aslida baliq qo‘shiladigan ushbu yegulikka kolbasa, bekon yoki pishirilgan sabzavotlar ham qo‘shish mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Zarur masalliqlar:

2 portsiya uchun

  • 2 dona tuxum
  • konservalangan sardina balig‘i
  • 2—3 osh qoshig‘ida qaymoq yoki smetana
  • 3—4 dona cherri pomidorlari
  • 30 g pishloq
  • ta’bga ko‘ra tuz va murch
  • 1 bosh ko‘kpiyoz

Mahsulotlarning taxminiy narxi 8000 so‘m

Tayyorlanishi:

Tuxumli kokot tayyorlash uchun bizga maxsus formachalar yoki sopol chashkalar kerak bo‘ladi.

1. Chashkalarni sariyog‘ bilan yog‘lab, tubiga baliqni qo‘yib, to‘g‘ralgan piyoz sepamiz va kesilgan pomidorlarni terib chiqamiz. Ustidan qaymoq quyib, ta’bga ko‘ra tuzlaymiz va murchlaymiz.

____ 1

2. Chashkalarga tuxumni chaqib solamiz va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqdan sepamiz.

____ 2

190 darajagacha qizdirilgan duxovkada 15—20 daqiqa davomida pishiramiz. Davomiylikni tuxumni qanday qattiqlikda yoqtirishingizga qarab uzaytirishingiz ham mumkin.

Taomni issiq holda torting. Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz