Bugungi kunda tolstovka shunchalik odatiy tuyuladiki, ushbu kundalik kiyimning adabiy «cho’qintirgan otasi» borligini tasavvur qilish qiyin. Ammo bu hikoya odatda aytib berilgani bilan aslida to’g’rimi? Va haqiqatan ham Lev Tolstoy zamonaviy hozirgi kiyimga nom berganmi?

Источник: —   «Factodrom.com»

Известно, что в конце XIX века Толстой отошел от дворянских привычек и выбрал для себя максимально простую, почти аскетичную одежду. Он носил просторные крестьянские рубахи навыпуск, перехваченные тканым поясом. Внешний вид писателя стал частью его философии: отказ от роскоши, стремление к простоте и естественности. Вскоре ученики и последователи Толстого — толстовцы — начали одеваться так же, превращая этот образ в символ движения.

Ma’lumki, XIX asr oxirida Tolstoy zodagonlarga xos odatlardan voz kechib, o’zi uchun yuqori darajada oddiy, deyarli asketona kiyimni tanlagan (Asketiklik (asketizm) — bu kamtarona hayot tarzi yo’lida ortiqcha dabdaba, hashamat va qulayliklardan ongli ravishda voz kechishdir..). U matoli belbog’ bilan bog’langan, keng, dehqoncha ko’ylaklarni shim ustidan kiyib yurgan. Yozuvchining tashqi ko’rinishi uning falsafasining bir qismiga aylandi: hashamatdan voz kechish, oddiylik va tabiiylikka intilish. Tez orada Tolstoyning shogirdlari va izdoshlari — «tolstovchilar» — ham xuddi shunday kiyina boshladilar va bu obrazni harakat ramziga aylantirdilar.

Shunday qilib, bu ko’ylaklar xalq orasida «tolstovka» nomini oldi. Shuni ta’kidlash joizki, tarixiy tolstovkaning biz bugun shunday deb ataydigan trikotaj koftalarga hech qanday aloqasi yo’q edi. Bu aynan dehqoncha bichimdagi, shim ustidan kiyiladigan va ma’lum bir dunyoqarash bilan bog’liq bo’lgan uzun ko’ylak edi.

Bu so’z esa kiyimning o’zidan ko’ra uzoqroq umr ko’rdi. XX asrda moda navbatdagi burilishni boshdan kechirdi: kundalik kiyimlar erkinroq, soddaroq va qulayroq bo’la boshladi. Trikotaj koftalar, svitshotlar va ilk xudilar ommaviy hayotga norasmiy uslubning universal formasi sifatida kirdi. Aynan shu vaqtda «tolstovka» termini yangi turdagi kiyimlarga ko’chib o’tdi. Ehtimol, o’xshashlik ish bergandir: zero, ham qadimiy, ham zamonaviy narsalar keng, qulay va rasmiylikdan yiroq edi.

Natijada qiziqarli til almashinuvi yuzaga keldi: Tolstoy hech qachon zamonaviy tolstovkani eslatuvchi narsa kiymagan bo’lsa-da, aynan uning familiyasi kundalik hayotda ushbu kiyim nomiga aylanib qoldi. So’zning o’zi kundalik lug’atning bir qismiga aylandi, uning adabiy kelib chiqishi esa hatto eng odatiy narsalarning ham kutilmagan biografiyasi bo’lishi mumkinligini eslatib turadi.

От qwert.uz