
Ba’zan birgina tovush nafaqat eshitish qobiliyatini, balki borliq haqidagi tasavvurning o‘zini ham aldashga qodir. U tanish so‘zlarni begona iboralarga aylantiradi, yo‘q joydan ma’no yaratadi va taxminlar zanjirini ishga tushiradi. Eshitilgan narsani go‘yo ko‘rinmas muharrir aralashgandek o‘zgartirib yuboradigan bu ko’zga ko’rinmas nosozlik nima o‘zi?
Источник: — «Factodrom.com»
Mondegrin deb inson eshitgan iborasini (ko‘pincha she’r yoki qo‘shiqlarda) noto‘g‘ri idrok etib, uni jarangdorligi bo‘yicha mantiqiy tuyulgan boshqa ibora bilan almashtirib yuborish hodisasiga aytiladi. Klassik misol — odatdagi tovushlar majmuasiga «qo‘shilib ketadigan» iboralar bo‘lib, ular miyani eng yaqin tanish konstruksiyani qidirishga va tushunarsiz qism o‘rniga uni qo‘yishga majbur qiladi. Shu tariqa, mutlaqo tabiiydek tuyuladigan soxta satrlar dunyoga keladi:
Rus tilidagi mashhur misollar (asl holicha):
- «Затянулась буратиной…» (aslida: бурой тиной — qo‘shiqda «jigarrang loy» so‘zi mashhur ertak qahramoni «Buratino» bo‘lib eshitiladi).
- «Он ел одну лиштрафку» (aslida: лишь травку — «faqat o‘t» iborasi qandaydir tushunarsiz «lishtrafka» o‘simligi kabi eshitiladi).
- «…упирается прямо в небо слон» (aslida: в небосклон — «osmon bag‘ri» so‘zi o‘rniga bolalar «osmondagi fil» deb tushunishadi).
- «Скрипка-лиса…» (aslida: Скрип колеса — «g‘ildirak g‘iyqillashi» o‘rniga ko‘pchilikka «skripka-tulki» bo‘lib eshitiladi).
Bu terminning muallifi yozuvchi Silviya Rayt hisoblanadi. Bolaligida unga Shellining «Relikviyalar» she’rini o‘qib berishganida, u bir satrni qulog‘i bilan noto‘g‘ri eshitgan va noto’g’ri tushungan.
They have slain the Earl O’Moray,
And laid him on the green.
(U Graf О’Morreyani o’ldirdi
Va uning jasadini o’tlar ustida qoldirdi)
Buning o‘rniga kichkina Silviya Rayt quyidagilarni eshitgan:
They have slain the Earl O’Moray,
And Lady Mondegreen.
(U Graf O’Morreyni o‘ldirdi
Va Ledi Mondegrinni ham)
Keyinchalik aynan Silviya Rayt bunday yanglish eshitishlarni ifodalash uchun «mondegrin» so‘zidan foydalanishni taklif qilgan.
Mondegrin mexanizmi nutqni idrok etish xususiyatlari bilan tushuntiriladi. Inson qulog‘i — mukammal asbob emas: u akustik signalning faqat bir qismini ilg‘ab oladi, ayniqsa fonda muzika, shovqin bo‘lsa yoki tez gapirilganda. Keyin miya o‘z tajribasi, so‘z boyligi va ehtimoliy kutishlariga tayanib, yetishmayotgan ma’lumotni tiklashga intiladi. Agar real tovushlar to‘plami qiyin farqlansa, miya uni odatiy til tuzilmalariga «yaxshiroq mos keladigan» narsa bilan almashtiradi. Shuning uchun mondegrin shunchaki xato emas — bu nutqni rekonstruksiya qilishning ijodiy aktidir.
