O’ta ulkan qora tuynukka tushib qolgan odam uchun vaqt shunchalik tezlashadiki, u odatiy sharoitda millionlab yillar davom etadigan yulduzlar va galaktikalarning harakatini kuzatishi mumkin bo’ladi, deb xabar berdi RIA Novosti ga FIAN Astrokosmik markazining Nazariy astrofizika va kosmologiya bo’limi katta ilmiy xodimi Sergey Pilipenko.
Manba: «Mail.ru Hi-Tech».

Olimning so’zlariga ko mecha, yulduz massasidagi qora tuynukka tushish unga yaqinlashayotgan ob’ektlarni tortishga harakat qiladigan suv ko’tarilish (tashqi) kuchlari tufayli qiyin bo’ladi. Ular markazga yaqinlashgan sari ortib boradi va qandaydir momentda qora tuynukka tushayotgan ob’ektni albatta uzib yuboradi. Yulduz massasidagi qora tuynuk uchun bu hali qora tuynuk «gorizont»i, ya’ni yorug’lik undan uchib keta olmaydigan yuza orqali o’tishdan oldin sodir bo’ladi.
«O’ta ulkan qora tuynukka tushganda suv ko’tarilish kuchlari kamroq bo’ladi va koinot kemasi gorizont ostiga tushishga to’liq qodir bo’ladi», — deya ta’kidladi katta ilmiy xodim.
Agar kema dvigatellari o’chirilgan holda harakatlansa, unda vaznsizlik bo’ladi va ekipaj gorizontdan o’tayotganda tortishish kuchida hech qanday o’zgarishlarni sezmaydi. Kema gorizontni bosib o’tgach, uni qora tuynukdan tashqarida turib boshqa kuzatib bo’lmaydi.
Kemada bo’lganlar kema tashqarisida nima sodir bo’layotganini kuzatishlar olib borsalar, nima bo’layotganini tushunishlari mumkin bo’ladi. Qora tuynukdan tashqarida joylashgan barcha narsaning tasviri kuchli buziladi va tuynuk markaziga qarama-qarshi tomonga siljiydi. Bundan tashqari, yulduzlar yorug’ligi ko’k tomonga kuchli siljiydi.
«Kemadagi vaqt shunchalik tezlashadiki, uning aholisi yulduzlar va hattoki galaktikalarning harakatini ko’rishlari mumkin bo’ladi, bular uchun tashqarida millionlab yillar talab qilingan edi. Kema bu vaqtda qora tuynuk markaziga tushayotgan bo’ladi», — deb aytdi Pilipenko.
Markazning o’zini ekipaj ko’ra olmaydi, chunki ular va markaz o’rtasida yana bir gorizont, ya’ni yorug’lik undan kemaga uchib kela olmaydigan yuza joylashgan bo’ladi. Markazga yanada yaqinlashganda kemani suv ko’tarilish kuchlari uzib yuboradi.
