Torsimon (ponchik) yoki ellips shaklidagi ulkan hajmdagi kosmik jismlarning mavjud boʻlishi mumkinmi? Hozircha mutaxassislar bunday narsani biror marta ham kuzatishmagan, garchi qiziqarli misollar mavjud boʻlsa ham.
Manba: «Mail.ru Hi-Tech».

Hi-Tech Mail muallifi

Kuyosh tizimidagi sayyoralarni yumaloq deb hisoblash qabul qilingan, ammo savol tugʻiladi: bu qoidadan chetga chiqishning maʼlum misollari bormi? Texnik jihatdan, u yoki bu tarzda, bunday miqyosdagi barcha jismlar taʼrifiga koʻra sferikdir — oʻz massasi tufayli. Ammo bu ularning mukammal darajada tekis shaklga ega ekanligini anglatmaydi. Masalan, bizning Yerimiz markazdan qochma kuch taʼsirida ekvator atrofida boʻrtib chiqqan shaklga ega.
«Agar sayyora juda tez aylansa, qutblar siqiladi. Bu oʻz navbatida amerika futboli koptogiga oʻxshash gʻalati shaklning paydo boʻlishiga olib keladi»
Susana Barros
Portugaliyadagi Astrofizika va kosmik fanlar instituti katta ilmiy xodimi

Buning ustiga, shaklga nafaqat markazdan qochma kuch, balki oʻz yulduziga juda yaqin qoʻshnichilik ham taʼsir qilishi mumkin. Tortishuv kuchi kosmik jismni tom maʼnoda oʻz tomoniga tortadi. Va olimlarda bunday misol bor — hajmi Yupiterdan ikki baravar katta boʻlgan gaz giganti boʻlmish WASP-103 b ekzosayyorasi. Uning quyoshi juda yaqin joylashgan va u ham ulkan massaga ega, shu sababli sayyora koʻproq qovunni eslatadi.
Biroq, hatto bunday siqilgan jism baribir sferik boʻlib qolaveradi. Albatta, olimlar torpeda yoki ponchikni eslatuvchi boshqa sayyoralar mavjudligini ehtimoldan xoli qilishmaydi, ammo bularning barchasi hozircha ilmiy fantastika boʻlib qolmoqda. Gipotetik jihatdan, bu aql bovar qilmaydigan aylanish tezligi mavjud boʻlganda mumkin, ammo insoniyat bunday misollarni kuzatmagan.
Yaqindagina astronomlar Somon yoʻlining eng batafsil infraqizil xaritasini chop etishdi — u 200 000 ta tasvirdan iborat va 1,5 milliard obyektni oʻz ichiga oladi. Unga galaktikamizning eng yashirin joylari kirgan: yakkalangan yangi tugʻilgan yulduzlardan tortib, butun boshli shar simon toplanmalargacha.

