Professional akvalangchilarning arsenalida juda erish bir atribut bor — oddiy to’nog’ich. Ko’rinishidan oddiy bo’lishiga qaramay, ba’zan aynan u dayverlar uchun eng qimmatli asbob-uskuna elementiga aylanadi. Oddiy igna suv ostida hayotni saqlab qolishga qanday yordam berishi haqida ushbu maqolada so’z yuritamiz.
Manba: «Mail.ru Hi-Tech».

Hi-Tech Mail muallifi

Dayving — haqiqatan ham maroqli va faol dam olish hamda sport turi. Lekin jozibali sayohat bilan bir qatorda ushbu sevimli mashg’ulot ixlosmandlarini suv ostida ko’plab xavf-xatarlar kutib turadi. Odam uchun juda zarur bo’lgan kislorod ham katta chuqurlikda inson uchun zaharga aylanishi mumkin.
Quloqlar barotravmasi, kesson kasalligi, gaz emboliyasi, ichki a’zolarga qon quyilishi — bu suv ostida kislorodning yuqori parsial bosimi tufayli sodir bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarning to’liq bo’lmagan ro’yxatidir. Suvga sho’ng’ish paytidagi haddan tashqari jismoniy zo’riqish ham bunga yordam beradi. U qon oqimi tezligi va notekisligining oshishiga va shunga mos ravishda organizm tomonidan azotning so’rilishi kuchayishiga olib keladi.
Biroq dayverlardagi eng ayyor xastalik to’satdan paydo bo’ladigan tutqanoq (mushak tortishishi) hisoblanadi. Ekstremal jismoniy zo’riqish sharoitida mushaklar tortishishi — tez-tez uchraydigan hodisa. Statistikaga ko’ra, ular suv ostidagi o’limning eng ko’p uchraydigan sabablaridan biridir. Tortishish to’satdan va kuchli og’riqni keltirib chiqarishi, shuningdek, dayverning harakat qilish va suzish qobiliyatini cheklab qo’yishi mumkin. Agar bu vaqtda yaqinida sherigi bo’lmasa, unda katta chuqurlikda har qanday mushak tortishishi g’avvos uchun fojiali yakunlanishi mumkin.
Mushak tortishishining paydo bo’lishi ham kutilmagan bo’lib, spazm sodir bo’lishiga olib keladigan omillar juda ko’p: lastlar bilan noto’g’ri ishlash, haddan tashqari sovuq suv, gidrokostyumning tanani juda siqib turishi va hatto ovqatlanishda minerallar yetishmasligi. Mushak tortishishiga hech qanday alohida moyillik yo’q, shuning uchun ularni oldindan ko’ra bilish deyarli imkonsiz.
G’avvoslar nega o’zlari bilan to’nog’ich olishadi
Birinchi mashg’ulotlarda aksariyat boshlovchi dayverlarga mushak tortishishini mustaqil ravishda qanday yengishni o’rgatishadi. Asosan bu usullar uqalash yoki chimchilash yordamida shikastlangan mushakni bo’shashtirishga qaratilgan. Profilaktika sifatida ko’proq suv ichish va chiniqish mashqlarini bajarish ham tavsiya etiladi. Biroq tajribali suzuvchilar va g’avvoslar yana bir vosita haqida bilishadi — bu oddiy to’nog’ich.
Agar tortishgan mushakka o’tkir narsa sanchilsa, keskin og’riqli ta’sir spazmni to’xtatadi. To’nog’ich sanchish mushakni rag’batlantiradi, uni qisqarishga va bo’shashishga majbur qiladi, to’satdan paydo bo’lgan og’riq esa miyani «agar tishing og’risa, barmog’ingga bolg’a bilan ur» tamoyili bo’yicha chalg’itadi. Mana nima uchun ba’zi tajribali suzuvchilar va g’avvoslar suvga sho’ng’ishda hamisha o’zlari bilan oddiy to’nog’ichni olishadi.

