Ma’lumki, qidiruv robotlari internetda nimadir qidirayotgan hamma haqida ma’lumotlarni diqqat bilan yigʻadi va kuzatib boradi. Bu ularga nega kerak? Va ular siz haqingizda nimani «toʻplashga» muvaffaq boʻlganini qanday bilish mumkin?

   Manba:   «Mail.ru Hi-Tech».  

Anton Sokolov

Hi-Tech Mail muallifi

Aynan siz haqingizda nimalar ma’lum?

Qidiruv tizimlari va servislari oʻz foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlarni uzluksiz ravishda yigʻib boradi. Har soniyada birgina Google qidiruv tizimiga u yoki bu ma’lumotni qidirish boʻyicha foydalanuvchilardan 40 mingdan ortiq soʻrov kelib tushadi. Siz oʻz soʻrovingizni yuborasiz, qidiruv tizimlari esa bunga javoban natijalarni chiqarishni yoʻlga qoʻyadi.

Фото: Unplash
Foto: Unplash

Lekin bular bilan bir qatorda yana bir jarayon kechadi. Qidiruv satridagi har bir soʻrovingiz uchun reklamaberdilar oʻrtasida uzluksiz kurash ketadi, ular oʻz saytlari qidiruv natijalarining birinchi oʻrinlarida koʻrinishi uchun pul toʻlashga tayyor. Siz haqingizdagi har qanday ma’lumot afzalliklaringiz diqqat bilan oʻrganilgach, monetizatsiya qilinishi (pulga aylantirilishi) mumkin.

Buni teatr tomoshasi bilan solishtirish mumkin. Siz qidiruv satriga soʻrovingizni kiritasiz va «sahnada» chiroq oʻchadi. Bir necha soniya ichida dekoratsiyalar shoshilinch ravishda yangisiga almashtiriladi, chiroq qayta yonganda esa qarshingizda mutlaqo yangi «interyer»ni koʻrasiz.

Qidiruv natijalari soʻrovingizga javoban soniyaning ulushlari ichida kerakli havolalarni oʻz oʻrniga joylashtiradiki, siz ularni katta ehtimol bilan bosasiz.

Qidiruv tizimlari ba’zan siz haqingizda eng yaqin doʻstlaringizdan ham koʻproq narsani biladi. Axir koʻpchilik ularga oʻzining eng maxfiy ma’lumotlarini ishonib topshiradi.

Saytlarga yoshingiz va jinsingiz, barcha shaxsiy yozishmalaringiz, shuningdek, daromad darajangiz va sotib olish uchun koʻrayotgan narsalaringiz, qaysi tillarni bilishingiz va hatto koʻchmas mulkka boʻlgan mulkchilik huquqlaringiz ham ma’lum.

Aytish mumkinki, Google’da akkaunt ochgan momentingizdan boshlab sizga nisbatan «shaxsiy yigʻma jild (delo)» ochiladi.

Oddiy bir misol keltiramiz. Siz uyingizdan 5 km uzoqlikdagi yangi ishga joylashdingiz va har kuni ertalab hamda kechqurun uyga qaytayotganda ushbu masofani piyoda oʻta boshladingiz. Google buni tushunishi bilanoq, katta ehtimol bilan, tez orada brauzeringizda qandaydir quloqchinlar va fitnes-brasletlar reklamasini koʻrib qolasiz. Chunki siz ushbu buyumlarning potentsial xaridori ekanlingiz ehtimoli yuqori.

Google’ga bu qayerdan ma’lum? Hammasi juda oddiy. Tizim harakatlanishingizni uyali aloqa signali va GPS orqali kuzatib boradi hamda signal bir uyali aloqa minorasidan ikkinchisiga qanchalik tez oʻtayotganini aniqlab, harakatlanish tezligingiz va chastotangizni belgilaydi.

Aynan siz haqingizda nimalar ma’lum?

Siz haqingizda qanday ma’lumotlar ma’lumligini qanday bilish mumkin? Maxsus shu maqsadda Google Takeout servisini yaratdi. Odatda ingliz tilida bu termin bilan «olib ketiladigan taom» servisi tushuniladi. Lekin bu holatda gap «olib ketiladigan» ma’lumotlar haqida, ya’ni siz oʻrganishingiz va kompyuteringizga oʻtkazib olishingiz mumkin boʻlgan ma’lumotlar haqida bormoqda.

Google qidiruv tizimi tomonidan siz haqingizda yigʻilayotgan ma’lumotlarni koʻrib chiqish uchun takeout.google.com havolasiga oʻting. Bu yerda siz haqingizda yigʻilayotgan va kompyuteringizga sizga kerakli formatlardagi ma’lumotlar arxivi koʻrinishida eksport qilishingiz mumkin boʻlgan barcha ma’lumotlar taqdim etilgan.

Oʻzingizni qiziqtirgan servislar qarshisiga belgi (galochka) qoʻyib chiqing.

Qiziqtirgan servis yonida «Bir nechta format» punkti boʻlgan joyda, ustiga bosib, taklif qilingan formatlar ichidan keraklisini mustaqil tanlash mumkin.

Masalan, yuklab olish uchun «Google Play oʻyin servislari» ma’lumotlarini tanlayotganda, xohishga qarab HTML yoki JSON formatini tanlash mumkin.

Olishni istagan ma’lumotlaringizni tanlab boʻlgach, olish chastotasi va usulini, fayllar turini (ZIP yoki TGZ) hamda hajmini (1, 2, 4, 10 yoki 50 GB) tanlang va «Eksport yaratish» piktogrammasini bosing.

Hisobotni shakllantirish jarayoni boshlanadi, pochtaga esa soʻrov shakllantirilgani haqida tegishli bildirishnoma xati keladi.

Siz tanlagan ma’lumotlar miqdoriga qarab, yuklab olish mumkin boʻlgan hisobot shakllantiriladi.

Arxivni yuklab olib, ochganingizdan soʻng siz Takeout papkasini koʻrasiz, uning ichida siz soʻragan ma’lumotlar joylashgan boʻladi.

Masalan, YouTube servisidagi qidiruv tarixi va Xaritalardagi qidiruv tarixi haqidagi yuklab olingan ma’lumotlar shunday koʻrinishga ega boʻladi.

Siz oʻrinli savol berishingiz mumkin: «Google’ga odamlar ular haqida qanday ma’lumotlar ma’lumligini bilishi nega kerak?»

Birinchidan, agar siz boshqa servisga oʻtishni (migratsiya qilishni) istab qolsangiz, bunday ma’lumotlar kerak boʻlishi mumkin. Va siz shu tarzsiz barcha kerakli narsalarni koʻchirib oʻtkaza olasiz.

Ushbu funktsional ishlab chiqilganining ikkinchi sababi, katta ehtimol bilan, Google’ning oʻz foydalanuvchilari uchun maksimal darajada ochiq boʻlishga intilishidir. Bu «brand transparency» (brend shaffofligi) deb ataladi. Sirlar qancha kam boʻlsa, auditoriyaning ishonchi va sodiqligi shuncha yuqori boʻladi.

Bu esa, ma’lumki, Google kabi yirik kompaniyalar uchun har doim asosiy omillardan biri boʻlib kelgan.

Google

Texnologiyalar

Layfxaklar

От qwert.uz