Haroratning keskin o’zgarishi noutbuklar uchun xavfli bo’lishi mumkin. Bu haqda Hi-Tech Mail’ga Harper brend-menejeri Sergey Shevelev ma’lum qildi.
Uning so’zlariga ko’ra, keskin o’zgarishlar paytida kondensat hosil bo’ladi. U noutbuk ichida qisqa tutashuvga olib kelishi mumkin.
Ekspertning ta’kidlashicha, kuchli sovuqdan keyin harakatlanuvchi qismlar ham bloklanib qolishi mumkin. Masalan, eski noutbuklarda qattiq disklar zarar ko’rishi mumkin.
Zaryadlash qurilmasini darhol ulash xuddi shu sababga ko’ra zararli — kondensat va ehtimoliy tutashuv. Shuning uchun noutbukni kofr yoki ryukzakda olib yurgan ma’qul, bu qurilmaning sovishini sekinlashtiradi.
Sergey Shevelev
Harper brend-menejeri
Shevelev har qanday elektronikani sovuqda uzoq muddat qoldirmaslik maʼqulligini taʼkidladi. Bunda agar bu baribir sodir boʻlgan boʻlsa, qurilmalarni fen yordamida yoki batareyada isitish mumkin emas.
Ayni damda bu faqat kondensat hosil boʻlishini qoʻzgʻatadi. Noutbukning xotirjam meʼyorga kelishiga qoʻyib bergan maʼqul.
Sergey Shevelev Harper brend-menejeri
Avvalroq Hi-Tech Mail «Megafon»ning abonent uskunalarini tadqiq qilish va sinash markazi rahbari Aleksandr Jakoniyadan smartfonni sovuqdan qanday toʻgʻri himoya qilish haqida bilib olgan edi. Ekspert past havo harorati qurilmalar ishlashiga qanday salbiy taʼsir koʻrsatishi va texnika egalari qanday choralar koʻrishi kerakligini tushuntirdi.