Yosh turk aktrisasi Bensu Soral irim-sirimlarga haddan ortiq ishonadi. U ikkinchi qo‘li bilan birinchi qo‘li qilgan harakatlarni takrorlaydi. Masalan, u bir qulog‘iga tegsa, ikkinchi qulog‘iga ham ikkinchi qo‘li bilan tegishi shart yoki bir qo‘li bilan urilib ketsa, albatta, boshqa qo‘li bilan o‘sha joyga urilishi shart — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: “Yandeks Dzen”
Go‘zal aktrisa Hazal Kayning oyog‘iga “Kichkina shahzoda” asari qahramoni tasviri tushirilgan. Aktrisaga qissa shu darajada yoqqanki, unga atab tatiurovka chizdirishga qaror qilgan.

Foto: “Yandeks Dzen”
Burchin Terzio‘g‘li o‘rta maktabda juda bezori qiz bo‘lgan. Maktabda u qizlarni urishi bilan tanilgan.

Foto: “Yandeks Dzen”
Maryem Uzerli o‘rgangan turk tilidagi birinchi so‘z “anchous” (mayda dengiz balig‘i va undan tayyorlangan konserva) bo‘lgan. Bungacha aktrisa anchous baliqning ikkinchi nomi deb o‘ylagan.

Foto: “Yandeks Dzen”
Ilker Kaleli — oyparast. Aktyor uyqusida oshxonaga kirib, ovqat yeydi.

Foto: “Yandeks Dzen”
Kivanch Tatlitug‘ning qo‘lida “Mening ustimdan faqat Alloh hukm chiqarishi mumkin!” degan tatuirovka bor. Uning qarindoshlari aktyorni juda dindor va o‘z diniga sadoqatli odam deyishadi.

Foto: “Yandeks Dzen”