
Baxoriy goʼzallik, boʼlsin — Siz bilan,
Uni xamrox eting, oʼzingiz bilan.
Sizni tark etmasin, mustaxkam sogʼlik,
Barcha mushkulotlar — Siz bilan bogʼliq.
Qani sharaflaylik. xaydovchi kasbin,
Bu kasbga kerakdir, iroda — metin.
Siz kabi fidoyi — ayollar kerak,
Tugʼilgan kuningiz — boʼlsin muborak!
Qutlaymiz barchaning nomidan Sizni,
Sizdagi latofat lol qildi bizni.
Garchi bu kasb asli — boʼlsada ogʼir,
Uddalab, Siz unda — boʼldingiz moxir.
Xizmat vazifangiz, ado etganda,
Nozik qoʼllaringiz — rulni tutganda,
Аvtoulov Sizga — boʼysunar yengil,
Tavallud kuningiz — muborak singil!
Bugun oilamiz — xovliga sigʼmas,
Chin qalbdan qutlashga — soʼz xam shart emas.
Samimiy nigoxning yetarli oʼzi,
Nigoxda yoʼgʼrilgay — shu tabrik soʼzi.
Аvtoulovingiz — boʼysunar Sizga,
Tabriklar yoʼllaylik — ayyomingizga!
Bizning «yoʼnalish»da — Siz gul misoli,
Sizdan baxramanddir — barcha axoli.
Siz rulni tutganda, yashnar koʼchalar,
Qushlar xam madx etib, Sizga soz chalar.
«Salon»ingiz doim — nurlarga toʼlsin,
Tavallud kuningiz — muborak boʼlsin,
Korxonamiz axli — yigʼilib shartta,
Аyyom nishonlashga — xarakat katta.
Barcha xotin-qizlar, xavasda faqat,
Bu kasb mashaqqati — ayni xaqiqat.
Siz oʼrnak ularga — toʼrdasiz bugun,
Sovgʼalar bisyordir — Sizga bir tugun,
Sizga baxt-saodat — tilab xar qachon,
Muborak tavallud — ayyom opajon!
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF