Mazali shirinlikni uy sharoitida tayyorlab ko‘ring.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • sariyog‘ — 100 g;
  • tvorog — 250 g;
  • shakar — 100 g;
  • vanilin;
  • to‘rtburchak shakldagi shokoladli pechenyelar — 12 dona;
  • sut — 100-250 ml;
  • banan — 1 dona;
  • kakao kukuni — 1 osh qoshiq;
  • shokolad — 100 g;
  • kokos kukuni.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Eritilgan sariyog‘ga tvorog, vanilin va shakar qo‘shib mikserda aralashtirib oling.
  • Qandolat plyonkasini tekis qilib yoying.
  • Pechenyelarni qaynoq suvga botirib, uch qator qilib terib chiqing (har bir qatorda to‘rttadan pechenye bo‘lsin).
  • Ustidan tvorogli aralashmani surting.
  • Bo‘laklarga bo‘lingan bananni terib chiqing.
  • Tvorogli kremning qolgan qismiga kakao qo‘shib aralashtiring.
  • Krem bilan bananning ustini qoplang.
  • Plyonkaning bir chetini ushlab nachinka tomon buklang.
  • Ikkinchisini ham buklab uchburchak shaklga keltiring.
  • 2-3 soatga sovitkichga qo‘ying.
  • Idishga shokoladni solib eriting, ustidan sut va sariyog‘ solib, yaxshilab aralashtiring.
  • Tortdan plyonkani olib tashlab, ustidan shokoladli aralashmani quyib chiqing.
  • Yana 30 daqiqaga sovitkichga qo‘ying.
  • Ustini kokos qirindisi bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz