«FILLАR XАM…»
— “Fillar xam baʼzida, qarang — bu qiziq,
Yoʼldan yurisharkan — boʼlib bir chiziq!”.
«MUSIQА SHАRT EMАS…»
— “Raqs tushsa inson — shodligidan mast,
Bunda musiqa xam — unga shart emas!”.
«SUVGА…»
— “Nega tushni suvga — aytamiz faqat?
— “Suvning sirdoshligi, axir – xaqiqat,
Suvga aytsang agar — siring joʼrttaga,
Unutadi xatto — suv xam ertaga!”.
«MАNZILIMIZ TАYINDIR…».
— “Аxir nega — bizni kuzatishmoqda?
— “Demak ular — bir bekorchi axmoqda.
Bizning borar manzilimiz — tayindir,
Shu bekorchi nodonlarga – qiyindir!”.
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF