Nonushta uchun eng yaxshi taomlardan biri nachinkasiga tuxum qo‘shib tayyorlanadigan sosiskali lavash hisoblanadi. Ushbu taomning to‘yimlilik va foydalilik darajasi yuqori.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • tuxum — 3 dona
  • petrushka — 2-3 bog‘
  • qattiq pishloq — 100 g
  • qayta ishlangan pishloq — 1 dona
  • mayonez — 2 qoshiq
  • sosiska — 8-10 dona
  • lavash xamiri — 2 dona
  • o‘simlik yog‘i — 2 qoshiq

Tayyorlanishi:

  1. Qaynatilgan tuxumni tozalang va qirg‘ichdan o‘tkazing. Petrushkani mayda qilib to‘g‘rang.
  2. Ikkala turdagi pishloqni ham qirg‘ichdan o‘tkazing. Tuxum, petrushka, pishloq va mayonezni aralashtiring.
  3. Sosiskalarni qaynoq suvda 2 daqiqa qaynatib oling yoki mikroto‘lqinli pechga 1 daqiqa qo‘ying.
  4. Lavash xamirini to‘rtburchak shaklida kesing. Har bir bo‘lak ustiga pishloq massasini seping.
  5. Lavash xamirining chetiga sosiska qo‘ying, qirralarini bukib, uni aylantiring.
  6.  O‘simlik yog‘ini qizdiring. Xamirni har tomondan 2-3 daqiqa davomida qizargunga qadar qovuring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz