Lifehacker nashri brinza, ko‘kat hamda tovuq go‘shti ta’mini uyg‘unlashtirgan hazmi yengil salat retseptini taqdim etdi. Salat oilaning barcha a’zolariga manzur kelishi shubhasiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi — 1 dona;
  • brinza — 100-150 gramm;
  • pomidor — 3-4 dona;
  • piyoz — 1 dona;
  • ismaloq — 70-80 gramm;
  • zaytun moyi — 2-3 qoshiq;
  • italyancha ko‘katlar — 1/3 choy qoshiq;
  • tuz, murch.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuq filesi 20-25 daqiqa davomida qaynatib olinadi. Yoki tovada qizartirib qovuriladi.
  2. Go‘sht, brinza katta to‘rtburchak, piyoz halqa, pomidor kichikroq bo‘lak qilib to‘g‘raladi.
  3. Barcha masalliq ismaloq bilan birgalikda idishga solinadi.
  4. Tuz, murch, italyan ko‘katlari va yog‘ solib, yaxshilab aralashtiriladi.
  5. Maxsus idishlarga solinib, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz