Vitaminlarga boyligidan tashqari mazali ekani bilan ham o‘ziga xos bo‘lgan taomlar retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar

Yasmiqli sho‘rva

Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar

Kerakli mahsulotlar:

  • sabzi – 100 g;
  • piyoz −150 g;
  • mol go‘shti – 300 gramm;
  • yasmiq – 120 g;
  • bulg‘or qalampiri – 200 g;
  • zaytun yog‘i – 50 g;
  • sariyog‘ – 50 g;
  • tomat pastasi – 400 g;
  • sarimsoq – 20 g;
  • lavr yaprog‘i – 1 g;
  • suv − 1 l;
  • pishloq – 10 g;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni

  • Mol go‘shtini qaynatib oling.
  • Zaytun yog‘ida to‘rtburchak to‘g‘ralgan sabzi, piyoz, sarimsoq va ko‘katlarni qovuring.
  • Ustidan sous quying.
  • Ivitilgan yasmiqni qaynating, sabzavotli aralashmaga qo‘shing.
  • Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar soling.
  • Pishloq qo‘shing.

Qo‘ziqorin va ko‘katlardan tayyorlanadigan vitaminlarga boy sho‘rva

Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar

Kerakli mahsulotlar:

  • piyoz — 2 dona;
  • sarimsoq piyoz — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i;
  • sabzi — 1 donda;
  • zanjabil;
  • kunjut yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • suv — 1,5 litr;
  • ko‘katlar;
  • limon;
  • qo‘ziqorin;
  • ko‘k piyoz.

Tayyorlanish jarayoni

  • Dumaloq shaklda kesilgan piyozni qozonga solib tuz seping.
  • Suyuqlik ajratgunicha olovda tursin.
  • Kunjut va o‘simlik yog‘i qo‘shing.
  • Maydalangan sarimsoq soling.
  • Qo‘ziqorinni ham mayda to‘g‘rab qozonga qo‘shing.
  • Somoncha shaklida to‘g‘ralgan sabzini qo‘shgandan keyin mahsulotlarni qoplab turadigan miqdorda suv soling.
  • Qaynab chiqqanidan keyin 20 daqiqa o‘tib olovdan oling.
  • Qirg‘ichdan chiqarilgan zanjabil sharbatini qo‘shing.
  • To‘g‘ralgan ko‘katlarni qo‘shib qozonning qopqog‘ini 5 daqiqaga yopib qo‘ying.

Brokkolidan tayyorlanadigan bo‘tqali sho‘rva

Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar

Kerakli mahsulotlar:

  • guruch suti — 350 g;
  • piyoz — 1 dona;
  • brokkoli — 500 g;
  • o‘simlik yog‘i;
  • zanjabil;
  • yong‘oq — 2 choy qoshiq;
  • limon sharbati — 1-2 osh qoshiq;
  • rayhon;
  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni

  • Qozonga kubik shaklida to‘g‘ralgan piyoz, bir chimdim tuz va yog‘ soling.
  • 10 daqiqadan keyin to‘g‘ralgan brokkolini qo‘shing.
  • Suv yoki guruch sutini qo‘shib aralashtiring.
  • Yong‘oq, zanjabil sharbati va limon qo‘shing.
  • Blenderda aralashtirgandan keyin rayhon bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz