Sabzavotlar bilan qovurilgan qo‘ziqorin taomga ajoyib hid, eritilgan pishloq esa qaymoqli ta’m bag‘ishlaydi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mhsulotlar:

  • qo‘ziqorin – 400 gramm;
  • kartoshka 4-5 dona;
  • piyoz – 1 dona;
  • sabzi – 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i – 2-3 qoshiq;
  • bulyon – 2 litr;
  • pishloq – 200 gramm;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qo‘ziqorin va kartoshka o‘rtacha kattalikda, piyoz esa mayda to‘g‘raladi. Sabzi qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  2. O‘simlik yog‘ida avval qo‘ziqorin qovuriladi. Ustidan piyoz va sabzi qo‘shiladi. Sabzavotlar yumshagunga qadar qovuriladi.
  3. Alohida idishda bulyon qaynatib olinadi. Ichiga kartoshka solib, 7-10 daqiqa qaynatiladi. So‘ngra qovurilgan qo‘ziqorin va ziravorlar qo‘shiladi. Bir necha daqiqa qaynatiladi.
  4. Sho‘rvaga pishloq solinadi va eriguncha qaynatiladi.
  5. Dasturxonga tortishdan avval ko‘katlar bilan bezatiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz