Biskviti yumshoq ushbu ruletga mandarin mevasi bayramona ko‘rinish va ajoyib maza beradi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- tuxum – 5 dona;
- shakar – 200 gamm;
- vanil – 1 choy qoshiq;
- un – 140 gramm;
- qaymoq – 240 ml;
- maskarpone pishlog‘i – 230 gramm;
- shakar upasi – 5-6 osh qoshiq;
- mandarin – 5-6 dona.
Tayyorlanish jarayoni:
- Tuxum va shakar mikser yordamida yaxshilab ko‘pirtiriladi. So‘ngra vanil qo‘shib aralashtiriladi.
- Tuxumli aralashma ustidan un oz-ozdan solinadi va ehtiyotkorlik biln aralashtiriladi.
- Qolipga pergament qog‘ozi solinib, ustidan tayyor bo‘lgan xamir quyiladi.
- Rulet biskviti qizarguncha 20 daqiqa davomida 170 darajada pechga qo‘yiladi.
- So‘ngra sochiq ustiga olib, pergament qog‘ozi olib tashlanadi.
- Biskvit sochiq bilan birgalikda rulet shaklida aylantiriladi va sovitishga qo‘yiladi.
- Qaymoq dastlab mikser bilan yashilab aralashtiriladi, keyin pishloq va shakar upasi solinadi, silliq bo‘lgunga qadar aralashtiriladi.
- Sochiq bilan o‘ralgan biskvit asta ochiladi va orasiga qaymoqli krem surtiladi.
- Mandarinlar tozalanib, butunligicha biskvitning bir chetiga qo‘yiladi. Bir nechta bo‘lagi esa olib qo‘yiladi.
- Biskvit yana rulet shaklida aylantiriladi, qaymoqli kremdan shirinlik yuzasiga suriladi va mevaning qolgan qismi bilan yuzasi bezatiladi.
Yoqimli ishtaha!