Mazali va o‘ziga xos salat retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • mol go‘shti — 500 g;
  • tuxum — 3-4 dona;
  • tuz;
  • mayonez;
  • tuzlangan bodring — 1-2 dona;
  • konservalangan qo‘ziqorin — 100-150 g;
  • pishloq — 70-80 g;
  • ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni

  • 2 soat qaynatib pishirilgan til go‘shtini somoncha shaklida to‘g‘rang.
  • Qirg‘ichdan chiqarilgan tuxumni mayonez qo‘shib aralashtiring.
  • Qo‘ziqorin va bodringni ingichka to‘g‘rab, pishloqni qirg‘ichdan chiqaring.
  • Tarelkaga maxsus qolip qo‘ying (buning uchun kesib olingan baklajkadan foydalansangiz bo‘ladi.
  • Birinchi til go‘shti keyin tuxum, uning ustidan esa bodring va qo‘ziqorinli aralashma soling.
  • Ustidan mayonez quyib tekislang.
  • Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq sepib, ustini ko‘kat va bodring bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz