Karamli quymoqlar har qanday nachinka bilan ajoyib ta’mni uyg‘unlashtiradi. Albatta, tayyorlab ko‘ring.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • karam — 200 gramm;
  • tuxum — 2 dona;
  • un — 2 osh qoshiq;
  • suv — 2 osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i — 1 choy qoshiq;
  • tuz, ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Karam o‘rtacha to‘g‘ralib, blender yordamida maydalanadi.
  2. Ko‘katlar mayda to‘g‘raladi.
  3. Karam, ko‘kat, tuxum, un, suv va tuz yaxshilab aralashtiriladi.
  4. Tovada yog‘ yaxshilab qizdiriladi va oz-ozdan quymoq xamiri quyiladi. Har ikki tomoni qizargunga qadar 1—2 daqiqa davomida pishirib olinadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz