Ushbu taom nafaqat dasturxonni bezaydi, balki oila a’zolarga ham manzur kelishi shubhasiz.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- baqlajon – 2 dona;
- pomidor – 3-4 dona;
- pishloq – 150 gramm;
- o‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq;
- tuz.
Tayyorlanish jarayoni:
- Baqlajonlar uzunasiga kesib olinadi.
- Tuz sepilib, 30 daqiqadan so‘ng yuviladi va quritib olinadi.
- Pomidor va pishloq ingichka shaklda kesib olinadi va baqlajon qatlamlari orasiga joylashtiriladi.
- So‘ngra yog‘langan qolipga baqlajonlar solinib, pechda 180 darajada yarim soat davomida pishiriladi.
- Taom tayyor bo‘lgach ko‘kat va rayhon bilan bezatiladi.
Yoqimli ishtaha!