Sarimsoq va turli ziravorlar qo‘shib tayyorlangan nachinka pechda pishgan baqlajon ta’mining yanada mazali bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • baqlajon — 3 dona;
  • zaytun yog‘i — 4—5 qoshiq;
  • sarimsoq piyoz — 4 dona;
  • qiyma — 500 g;
  • yong‘oq — 80 g;
  • tuz, murch;
  • anor sousi — 80 ml.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Uzunasiga yarmidan bo‘lingan baqlajonlarning ustini pichoq bilan to‘r shaklida tilib chiqing.
  • Sabzavot ustiga 2—3 qoshiq yog‘ surtib, 180 daraja qizigan pechga 30 daqiqaga qo‘ying.
  • Yog‘ solingan tovada maydalangan piyoz, keyin esa sarimsoq solib qovurib oling.
  • Qiyma qo‘shing va yaxshilab qovurishda davom eting.
  • Taxminan, 10 daqiqadan keyin maydalangan yong‘oq, tuz, anor sousi va murch qo‘shing.
  • Aralashtiring va yana 5 daqiqa pishiring.
  • Pechdan baqlajonlarni oling, sanchqi bilan ustini biroz ezing va qovurilgan qiymadan solib chiqing.
  • Istalgan sous bilan qo‘shib yeyishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz