Ushbu retsept asosida tayyorlangan murabboni sariyog‘li non ustiga surtib yoki pishiriqlarga qo‘shib iste’mol qilishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • shaftoli — 1200 g;
  • shakar — 700-800 g;
  • limon — 1 dona.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Shaftolilarni birinchi qaynagan keyin muzdek suvga soling, po‘stini arting.
  • Yirik-yirik qilib to‘g‘rang.
  • Ustidan shakar solib 3-4 soatga qoldiring.
  • Shaftoli solingan idishni past olovga qo‘yib, qaynab chiqqunicha va shakar erigunicha kuting.
  • Olovdan olib soviting.
  • Yana bir marta qaynating va soviting.
  • Limonning suvini siqing.
  • Uchinchi marta olovga qo‘ying, qaynab chiqqanidan keyin limon sharbatini qo‘shing va yana 10-15 daqiqa qaynating.
  • Murabboni sterilizatsiya qilingan bankalarga soling.
  • Qopqoqlarini yoping, butkul soviganidan keyin issiq qilib o‘rab qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz