Ushbu retsept asosida tayyorlanadigan shirinlik bilan nafaqat kunlik, balki bayram dasturxonini ham bezasangiz bo‘ladi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- tvorog — 500 g;
- smetana — 500 g;
- sut — 5 osh qoshiq;
- manniy yormasi — 2 osh qoshiq;
- tuxum — 3 dona;
- shakar — 3 osh qoshiq;
- tuz — bir chimdim;
- sariyog‘ — 30 g;
- qizil qorag‘at — 150 g.
Tayyorlanish jarayoni:
- Tvorogga, sut, yorma, tuxum, shakar va tuz qo‘shib aralashtiring.
- Pechga qo‘yishga mo‘ljallangan qolip chetlariga sariyog‘ surtib, tvorogli aralashmani yarmini soling.
- Qorag‘at terib chiqing keyin esa aralashmani qolgan qismini soling.
- 190 daraja qizigan pechda avvaliga 20 daqiqa keyin esa 160 daraja qizigan pechda 30 daqiqa pishirib oling.
- Shokolad qirindisi bilan bezashingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!