Oson hazm bo‘ladigan sho‘rvani kechki ovqatga iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • suv — 1,5 litr;
  • kartoshka — 2-3 dona;
  • piyoz — 1 dona;
  • sabzi — 1 dona;
  • qiyma — 200-250 g;
  • smetana — 1 osh qoshiq;
  • tuz, murch;
  • o‘simlik yog‘i — 1-2 osh qoshiq;
  • suyuq pishloq — 100 g.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Qozondagi qaynagan suvga uncha katta bo‘lmagan kartoshkalarni solib, 10 daqiqa davomida qaynatib oling.
  • Piyozni mayda to‘g‘rang, sabzini qirg‘ichdan chiqaring.
  • To‘g‘ralgan piyozning bir qismini qiymaga qo‘shing, smetana, tuz va murch qo‘shib aralashtiring.
  • Yong‘oq kattaligida sharchalar yasab oling.
  • Qiymali sharchalarni kartoshka pishayotgan suvga solib, yana 7-8 daqiqa qaynating.
  • Piyozning qolgan qismini sabzi bilan qo‘shib, o‘simlik yog‘i solingan tovada 4-5 daqiqa pishirib oling.
  • Sabzavotli aralashmaga sal o‘tib 2-3 osh qoshiq suyuq pishloq qo‘shing, yaxshilab aralashtiring.
  • Yana biroz qaynaganidan keyin olovni o‘chiring.
  • Dasturxonga tortishdan avval ko‘katlar bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz