Yozning jazirama kunlarida sabzavotlardan tayyorlanadigan hamda yengil hazm bo‘ladigan zapekanka retseptini e’tiboringizga havola etamiz.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- qovoqcha — 450 g;
- cherri pomidorlari — 450 g;
- sarimsoq piyoz — 2 dona;
- o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
- tuz, murch;
- pishloq — 100 g;
- ko‘katlar.
Tayyorlanish jarayoni:
- Qovoqchani bo‘laklarga, pomidorni o‘rtasidan bo‘ling, sarimsoqni maydalang.
- Pechda pishirishga mo‘ljallangan idishga sabzavotlarni solib, ustidan yog‘, tuz va murch seping.
- Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq seping.
- 180 daraja qizigan pechda 35 daqiqa davomida pishirib oling.
- Dasturxonga tortishdan avval ko‘katlar bilan bezang.
Yoqimli ishtaha!
