Hech bir tibbiy usul hayratdan to to’liq rad etilishgacha bo’lgan yo’lni bunchalik tez bosib o’tmagan bo’lsa kerak. Lobotomiya miyaning arxitekturasiga aralashishga bo’lgan dadil urinish va shu bilan birga bemorlarni chidab bo’lmas ruhiy azoblardan xalos qilish va’dasi sifatida boshlangan. Ammo bu va’da ortida hech kim haqiqatda oldindan ko’ra olmagan haqiqat yashiringan edi.

Источник: —   «Factodrom.com»

Lobotomiya 1935-yilda portugaliyalik nevrolog Egash Monish tomonidan taklif qilingan. Uning g’oyasi og’ir ruhiy kasalliklarga qarshi samarali dori vositalari mavjud bo’lmagan davr uchun inqilobiy bo’lib tuyuldi. Monish miyaning peshona bo’laklari o’rtasidagi aloqalarning uzilishi patologik hissiyotlar va impulslarni susaytiradi, bu esa bemorlarga yanada «tinchroq» hayot kechirish imkonini beradi, deb taxmin qildi.

Operatsiya tezda tarafdorlar topdi. Bir necha yil ichida u AQSh va Yevropa shifoxonalarida keng tarqaldi hfmda 1950-yilga kelib faqat Amerikaning o’zida 50(!) mingga yaqin odam ushbu muolajadan o’tdi. Shifokorlar «yaxshilanishlar» haqida hisobot berishar, davlat shifoxonalari protsedurani davolash standartiga kiritishar edi, Monish esa ushbu usulga ilmiy yutuq maqomini uzil-kesil muhrlagan Nobel mukofotini oldi.

Biroq, ko’p o’tmay ma’lum bo’ldiki: tasvirlangan xotirjamlikning e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydigan teskari tomoni ham bor ekan. Xavotirning pasayishi bilan birga, bemorlar ko’pincha tashabbuskorlikni, hissiy javob qaytarishni va irodaviy harakatlar qobiliyatini yo’qotishgan — bu holat keyinchalik abuliya nomini oldi. Inson azob chekishdan to’xtardi, lekin shu bilan birga o’z shaxsiyatining katta qismini yo’qotardi.

Nojo’ya ta’sirlarga talvasalar, koordinatsiyaning buzilishi, qisman falajlik, kognitiv funksiyalarning pasayishi, og’ir holatlarda esa — o’lim holatlari qo’shildi. Bularning barchasi zararsiz aralashuv illyuziyasini yo’q qildi va lobotomiyani eng himoyasiz odamlar ustidagi xavfli tajribaga aylantirdi.

50-yillarning oxiriga kelib, ko’pgina mamlakatlar lobotomiyani nomaqbul va axloqiy me’yorlarga to’g’ri kelmaydigan usul deb hisoblab, uni taqiqladi. Neyroleptiklarning paydo bo’lishi ushbu protseduraga bo’lgan ehtiyojni butunlay yo’q qildi, ruhiy salomatlikka bo’lgan yondashuvlarning qayta ko’rib chiqilishi esa uning tub mohiyatidagi shafqatsizlikni ko’rsatib berdi.

От qwert.uz