Uning yordamida tish plombalarining umrini 2 barobarga uzaytirish mumkin bo‘ladi. Stomatologlarning bemorlari uchun shunday bir tanish xolat borki, unda doimiy tish plombasi ostida ma’lum bir vaqt o‘tgach tishlarning kariesdan emirilayotganligini kuzatish mumkin — deb yozadi «Mail.ru Health».
Tish plomba ostida asta-sekinlik bilan bo‘lsada, bari-bir emirilishi mumkin. Bunday bo‘lishiga sabab shuki, xar qanday plomba qilinuvchi materialni 1% dan 5% gacha kichrayishi kuzatilishi mumkin va shu sababli, tishning yuzasi bilan plomba o‘rtasida kichkinagina bo‘shliq paydo bo‘lib, vaqti kelib tish to‘qimalarida qolib ketgan patogen mikroorganizmlar rivojlana boshlaydi. Yuzasi ochib qo‘yilgan tishlardagi bo‘shliqlarni ortofosfor kislota asosidagi maxsus zamonaviy tibbiyot gellari bilan ishlov berilganda, antibakterial effekt to‘liq sodir bo‘lmaydi.
NITU «MIMiS» fizik-kimyo kafedrasi xodimlari muammoni kumushning nanodispers sistemasi dioksid titan va dioksid tantala asosida tayyorlangan noyob antibakterial modda yordamida xal qilishni taklif qildilar. Bu sistemalarni o‘rganish davomida ilmiy jamoa shuni aniqladiki, metall oksidlarining kolloid aralashmalari bakteriyalar koloniyasiga ta’sir qilib, ularni nobud qilishga muvaffaq bo‘ladi. Laboratoriya tajribalari davomida shu narsani
«Laboratoriya tajribalari davomida shu narsani aniqladikki, antimikrobli gellarni, tish yuzasini fosfor kislotadan yuvuvchi aralashmani va yuzalarni bakteritsid spirtozolь (antiseptik aralashma) bilan quritishni keng ko‘lamda qo‘llash, plomba ostidagi tish yuzasini to‘liq zararsizlantirish imkoniga muvaffaq bo‘lish mumkin bo‘lgan sinergetik antimikrob effektlarini ta’minlaydi» — deydi NITU «MISiS» fizik-kimyo kafedrasi dotsenti loyixa raxbari Gergiy Frolov.
Bu uchchala funktsional preparatlarni tishning ochiq yuzasiga kompleks ta’siri davolash jarayoni 70 soniya (sekund) dan 90 soniyagacha davom etadi. Bu vaqt preparatning mikroskopik qismi diffuziya natijasida tishning qattiq to‘qimalarini joylashishiga etarli bo‘ldi. Ta’sir qiluvchi modda — ya’ni, titan va tantal oksidlari nano qismlari tish bilan plomba o‘rtasidagi yuzaki mikrofloralar rivojlanishidan ximoya qilgan xolda yuqori qatlamda qoladi.
Patogen mikroorganizmlarning bo‘lmasligi ikkilamchi kariesning bo‘lmasligini va tish plombasi umrining uzoqqa cho‘zilishini anglatadi.
Og‘iz bo‘shlig‘ini plomba qilishdan avval ishlov berish uchun qo‘llaniladigan yangi preparatlarning muvaffaqqiyatliligi laboratoriya sinovlari jarayonida isbotlanib, bunda patogen mikroorganizmlarning 99 % i ishlov berish paytida nobud bo‘lishi va kelgusida rivojlanmasligi aniqlandi.
Moskva stomatologiya klinikalaridan birida 2017 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan klinik tadqiqotlar xam ijobiy natijalarni ko‘rsatib kelmoqda.
Jumladan, o‘rnatilgan plombalar ostida ikkilamchi kariesni kamayishi qayd etildi.