Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevni mehmonxonadan olib kelish uchun shaxsan o‘zi bordi. “TASS” xabar berishicha, prezident o‘zining GAZ-21 Volga mashinasida bo‘lgan.

Foto: Turkmaniston prezidenti matbuot xizmati

Ular birgalikda Ashxobod bo‘ylab kichik avtomobil safari o‘tkazgan —  deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Shundan so‘ng Medvedev va Berdimuhamedov prezident qarorgohiga kelgan va u yerda ishchi nonushta o‘tkazilgan.

Foto: Turkmaniston prezidenti matbuot xizmati

Foto: Turkmaniston prezidenti matbuot xizmati

Rossiya bosh vaziri Turkmanistonga 30-may kuni kelgan bo‘lib, 31-may kuni MDH hukumati rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi.

От qwert.uz