Xorijga chiqish pasportini olish uchun qanday hujjatlarni taqdim etish kerak?
Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga (pasport stol) taqdim etiladigan hujjatlar haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali ma’lumot beradi.

Foto: “Xabar.uz”
Ular quyidagilar: — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi :
— ariza-anketa;
— biometrik pasport yoki ID-karta yoxud 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar uchun tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
— ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti (mavjud bo‘lgan taqdirda);
— vakolatli organning qarori (xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);
— harbiy guvohnoma yoki boshqa hujjat – harbiy xizmatga majburlar uchun;
— davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya (243 ming 276 so‘m, 16 yoshga yetmaganlar uchun 162 ming 184 so‘m);
— ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi — voyaga yetmaganlar uchun;
— fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati — voyaga yetmaganlar uchun.