7-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati vakillari ishtirokida “O‘zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik xabarida aytiladi.

Foto: O‘zA

“O‘zavtosanoat” strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirov O‘zbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti tatbiq qilinishini ma’lum qildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

“Mamlakatimizda avtomobillardan foydalanish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi rejalashtirilmoqda, — dedi Rustam Qodirov. — Masalan, sizning mashinangiz bor, 3—5 yoki 10 yil mingansiz, uni yangilamoqchisiz. Lekin yangi mashina sotib olish uchun pulingiz kamroq bo‘lishi mumkin. Siz eski, ya’ni hozir minib yurgan mashinangizni dilerga borib topshirasiz-da, yangi avtomobil o‘rtasidagi farqni to‘lov qilasiz, almashtirib ketaverasiz, yangilab olasiz”.

Qayd etilishicha, bu yangi avtomobillar savdosini kuchaytiradi. Shuningdek, aholi ixtiyoridagi avtomobillar parkini yaxshilash imkonini beradi.

От qwert.uz