O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) rejali tartibda jazoni ijro etish muassasalari, tergov izolyatorlari monitoringi doirasida Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 21-sonli ayollar umumiy koloniyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Ombudsman rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: “Xabar.uz”

Ombudsman 700 dan ortiq mahbus ayollar bilan uchrashuv o‘tkazdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Ularga mamlakatda mahkumlar huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan choralar, ushbu jarayonlardagi Ombudsman instituti roli haqida ma’lumot berildi.

Tashrif chog‘ida Ombudsman ushbu muassasada bo‘lgan Gulnora Karimova bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida u muassasaning tibbiy xodimlariga e’tibor va o‘z vaqtida ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam uchun alohida minnatdorlik bildirdi.

O‘rganish chog‘ida Gulnora Karimovani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun muassasa tomonidan kardiologiya, nevrologiya, gastroenterologiya, endokrinologiya va ginekologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar jalb etilganligi qayd etildi. Alohida maxsus tekshiruvlar esa IIV Markaziy gospitalida olib borilgan.

Shifokorlar buyurganidek, u tizimli asosda zarur tibbiy preparatlarni qabul qilmoqda. Bugungi kunda Gulnora Karimovaning ahvoli qoniqarli, u sog‘lom ovqatlanish ratsionini qabul qilmoqda, deyiladi xabarda.

От qwert.uz