To‘satdan yuragi to‘xtab qolgan Amerikaning Arizona shtatida yashovchi Tina Xayns to‘rt marotaba hayotga qaytarildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Foto: Depositphotos
Shifokorlar yetib kelgunigacha Tinaning turmush o‘rtog‘i uning yuragi bir necha bor qayta ishga tushirishga muvaffaq bo‘lgan. — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .Kasalxonaga borgunga qadar shifokorlar bemor hayotini defibrillyator yordamida bir necha bor saqlab qolishga uringan. Tina o‘zining Instagram’dagi sahifasiga yozishicha, uning klinik o‘limi jami 27 daqiqani tashkil etgan.
Tina hushiga kelishi bilan ruchka va qog‘ozni olib “U mavjud” deya yozgan. Qarindoshlari Tinadan nima haqida yozganini so‘rashganida, u ko‘zida yosh bilan osmonga ishora qilgan.