Yulduz Usmonova Gulnora Karimovaning qizi Imonning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan iddaolariga javob qaytardi.

Foto: YouTube

Xonanda hozirda yangi albomlar ustida ishlayotgani, internetni titkilashga vaqti bo‘lmayotgani, biroq uzunquloq gaplar unga ham yetib kelganini bildirgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

“Turkiyaga haydalgan paytim bizni hurmat qilmaysizmi deb, buyurtma qilib ashulalar ayttirilgan. Kolleksiyamizni qo‘llab-quvvatlamaysizmi deya ust-boshlar kiydirilgan. 2800 dollarga uchta narsa olingan. Yana 3,5 mingga sumka oldirishgan. Hech narsa qarzga yo tekinga olinmagan”, — deydi qo‘shiqchi.

Yulduz Usmonova Gulnora Karimova bilan “yaqinligi” masalasiga ham oydinlik kiritgan.

“Do‘stlik masalasiga kelsak, osh-qatiq bo‘lgan joyim yo‘q. Marosimlariga xalqning e’tibori kerak bo‘lsa qo‘ng‘iroq qilishardi, yonimdan chipta olib kelardim ashula aytgani. Uch kundan so‘ng yana chiqarib yuborishardi, bundan ortiq qolish mumkin emasdi”, — deya eslaydi Usmonova.

От qwert.uz