Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman Qovchin QFYda ham falanga deb ataluvchi hasharotlar ko‘payayotgani haqida “Daryo” mobil muxbiri Umidaxon Soatmurodova xabar bermoqda. Falanga asosan uylar ichidan chiqmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: “Daryo” / Umidaxon Soatmurodova

“Uning eng hayratlanarli jihati shundaki, uni urib, o‘ldirib, yanchib tashlansa ham, 1—2 daqiqadan keyin yana tirilib, o‘z holatini tiklab oladi…Juda tez harakatlanadi, xuddi o‘rgimchak-chayondek…Ko‘rinishi judayam g‘alati, yoqimsiz hasharot…Yurtdoshlarimizdan shunaqa falanga deb ataluvchi hasharotdan ehtiyot bo‘lishlarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi mobil muxbir xabarida.

Foto: “Daryo” / Umidaxon Soatmurodova

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi Jumabozor QFY atrofidagi dala hovlilarda falanga (o‘rgimchaksimon zaharli jonivor) paydo bo‘lgani ma’lum qilingan edi.

Ta’kidlanishicha, falanga zaharli emas, ammo uning chaqishi juda og‘riqli bo‘ladi, chaqqan joy bitib ketishi uzoq vaqt oladi. Yana, ular odamlardan qo‘rqmaydi.

От qwert.uz