AQShda pul tashiyotgan zirhli avtomobilning eshigi ochilib ketib, yo‘lga dollarlar sochildi (video)

AQShning Jorjiya shtatida qatnov chog‘i pul tashiyotgan zirhli avtomobilning yon eshigi ochilib ketdi va yo‘lga kupyuralar sochildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: YouTube

Mahalliy politsiya vakili Robert Parsonsning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lga ancha-muncha pullar sochilgan va u avval bunday holatni faqat filmlarda ko‘rgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Guvohlarning aytishicha, ayrim haydovchilar kupyuralarni yig‘ishtirib olish uchun to‘xtagan. Politsiya yetib kelgan vaqt ularning ko‘pchiligi allaqachon ketib bo‘lgandi.