1-avgustdan ish haqi va pensiyalar o‘rtacha 10 foizga oshgach, 1-sentabrdan talabalarning to‘lov-kontrakti miqdori ham 10% ga oshadi, deya ma’lum qilmoqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Foto: “Abt.uz”

“Agar mabodo Hukumat qarori bilan hozirgi tartib o‘zgarib qolmasa, unda 1-sentabrdan, ya’ni keyingi semestrdan boshlab talabalarning to‘lov-kontrakti miqdori ham 10% ga oshadi. Masalan, 10 mln so‘mlik kontrakt 11 mln so‘m bo‘ladi”, — deyiladi xabarda  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 12-iyul kuni 1-avgustdan budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, shuningdek, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini o‘rtacha 10 foizga oshirish haqida farmon imzoladi.

От qwert.uz