Gulnora Karimovani u jazoni o‘tayotgan Zangiotadagi koloniyadan tez yordam mashinasida olib ketishgan. Bu haqda uning advokati, shveysariyalik yurist Greguar Manja ma’lum qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Twitter / @ Greguar Manja
Advokatga ko‘ra, O‘zbekistonga mijozi bilan ko‘rishish uchun kelgan, biroq uni Karimovaning oldiga qo‘yishmagan. Manja koloniya oldida 6 soat kutgan, bu vaqt mobaynida uning oldidan ikkita tez tibbiy yordam mashinasi o‘tib ketgan. Advokatning manbasi Karimova shu mashinalardan birida bo‘lganini bildirgan.
Foto: Twitter / @ Greguar Manja
“U hatto O‘zbekistonga kelganimni ham bilmasa kerak”, — deya yozuv qoldirgan Manja Twitter‘dagi sahifasida.