Gulnora Karimovani u jazoni o‘tayotgan Zangiotadagi koloniyadan tez yordam mashinasida olib ketishgan.
Shveysariyalik yurist Greguar Manja koloniya oldida 6 soat kutgan, bu vaqt mobaynida uning oldidan ikkita tez tibbiy yordam mashinasi o‘tib ketgan. Advokatning manbasi Karimova shu mashinalardan birida bo‘lganini bildirgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
***
Toshkentda otolaringolog ko‘chada ketayotib yuragi to‘xtab qolgan 2 yoshli bolaning hayotini saqlab qoldi.
18-iyul kuni Toshkentdagi Lor Plus Servis xususiy klinikasiga qo‘lida ikki yoshli bolasi bilan yugurib kelgan ota-onaga zudlik bilan yordam ko‘rsatilib, bolakayning hayoti saqlab qolindi.
***
Toshkentda Venetsiya usulidagi qayiqlarda sayr qilish maskani ochiladi.
Joriy yilning 21-iyulidan Toshkentda Bo‘zsuv kanalining Minor masjidiga tutash hududida Venetsiya usulidagi qayiqlarda sayr qilish maskani ochiladi.
***
Samarqandda 4 nafar bolaning onasi o‘zini kanalga tashlab, joniga qasd qildi.
G.H. Urgut tumanidagi Oq buva qishlog‘idan bo‘lib, turmush o‘rtog‘i ikkinchi oilasi bilan Rossiyada yashab kelgan.
***
O‘zbekistonlik va rossiyalik foydalanuvchilar Ledi Gaganing sahifasiga “hujum uyushtirdi”.
Rossiyalik supermodel Irina Sheyk hamda amerikalik taniqlik aktyor va qo‘shiqchi Bredli Kuper o‘rtasidagi munosabatlar yakuniga yetdi. Ikki sevishganning o‘rtasidagi munosabatlarning buzilishiga Ledi Gaga sabab bo‘lgani aytilmoqda.