Sirdaryodagi kasalxonaning bolalar bo‘limini kana bosib ketdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryodagi tibbiy muassasalardan birida suratga olingan video tarqaldi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: Google Images

Unda kasalxonaning bolalar bo‘limidagi to‘shaklarda kanalar o‘rmalab yurgani aks etgan. Ularga “qon so‘rishga tayyor ulkan kanalar” deb ta’rif berilgan.

Aytishlaricha, ushbu kasalxona Yangiyer shahrida joylashgan.