“Dizayn” jamoasi a’zosi Dilshodbek Musabekov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: Instagram / @dilshodmusabekov

Suhbat davomida Dilshodbek Musabekov konsert dasturidan bir kun oldin otasining vafot etgani, “Dizayn” jamoasi a’zolari bir oila bo‘lib uning yonida turgani  haqida gapirib berdi.

Dadamni qabrga qo‘yganimizning ertasi kuni konsert bo‘lishi kerak edi. O‘sha kuni yigitlar yonimda kelib, ‘Aka, siz nima desangiz shu bo‘ladi’, deyishdi. Sa’dulla mahkam quchoqlab, ‘Bardam bo’ling’ dedi, Abdurahmon ham, Qobil ham ‘Biz siz bilan’ deb qayg‘umga sherik bo‘ldi.  Bu men uchun katta dalda bo‘ldi. Sezdimki, bolalar cho‘kib qolishgan edi.

Bizning jamoada shundayki, bir-birimizning xonadonimizga borsak, masalan ular menikiga kelishsa, dadamni ‘amaki’ deyishadi. Lekin hammamiz onalarimizni ‘onajon’ deb ko‘rishamiz. Ular mening onam bilan ‘onajon’ deb, men ularnikiga borsam ‘onajon’ deb ko‘rishamiz. Oilalarimiz bir-biriga chambarchas bog‘lanib ketgan.

Har kuni uyga kelganimda dadam: ‘O‘g‘lim, mana asta-sekin ko‘zga ko‘rinib boryapsilar, hammasi yaxshi bo‘lib ketadi. Faqat bir iltimos, takabburlikdan ehtiyot bo‘linglar, kibrga berilmang. Uyingdan qanday muammo bilan chiqib ketsang ham, ko‘chadagilarga buni ko’rsatma!’, derdilar.

Dilshodbek Musabekov, “Dizayn” jamoasi a’zosi

От qwert.uz