Yerga yana bir asteroid yaqinlashmoqda, ammo u sayyoramizga hech qanday xavf tug‘dirmaydi, debyozmoqda AstroNews.
Foto: SalamNews
Ma’lum bo‘lishicha, 10-avgust kuni 2006 QQ23 asteroidi soatiga 16740 kilometrda harakatlanib, Yerdan atigi 0,049 astronomik birlik (7,3 million kilometr)da uchib o‘tadi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi,
Qayd etilishicha, bu uncha yaqinmasdek ko‘rinsa ham, asteroidni Yerga yaqin obyekt sifatida qarash mumkin. Bundan tashqari asteroid Yerdan 0,05 astronomik birlikdan qisqa masofada o‘tgani uchun uni xavfli asteroidlar qatoriga qo‘shish mumkin.
Ushbu asteroidning diametri taxminan 570 metrni tashkil etadi. Bu esa AQShdagi mashhur Empayr-steyt-bilding o‘smono‘par binosi balandligi (443 metr)dan ham balanddir.
Foto: New Atlas
NASA’ning qayd etishicha, hozirda ushbu kosmik jism Yerga hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Hozirda Quyosh tizimida kattalligi 1 kilometrdan ortiq, ya’ni 2006 QQ23 asteroididan kattaroq bo‘lgan 900 ga yaqin asteroidlar mavjud.
Ta’kidlanishicha, asteroid kelajakda Yerga to‘qnashmasligi ma’lum bo‘lsa ham, NASA yerga yaqin obyektlarni kuzatishda va asteroid xavfiga qarshi choralar ishlab chiqishda davom etadi.