Gelenjiklik Yekaterina Nishanova “Missis Rossiya — 2019” tanlovi g‘olibasiga aylandi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.

Foto: “Vesti.ru”

“Missis Rossiya Globe” nominatsiyasi esa kemerovolik Kseniya Krivkoga nasib etdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .“Mrs Russia Globe Classic” unvoniga Nijniy Novgorod shahridan bo‘lgan Larisa Kitova loyiq topildi — u mamlakat nomidan Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan tanlovda qatnashadi.

Tanlov finali 10-avgust kuni Lyudmila Ryumina rahbarligi ostidagi Moskva madaniy folklor markazida bo‘lib o‘tdi. Finalda “Turmushga chiqqan eng chiroyli rossiyalik ayol” nominatsiyasi uchun 27 nafar ishtirokchi o‘zaro kurashdi.

“Joriy yilda qiziqishlari turlicha bo‘lgan turfa soha vakillari ishtirok etdi. Tanlov ishtirokchilari bir nechta oliy ma’lumotga ega, turli xayriya va jamoat tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatsa-da, o‘zlarining tashqi ko‘rinishini ajoyib holatda saqlab qolgan”, — deydi tanlov vitse-prezidenti Yekaterina Kamilleri.

Aprel oyida “Miss Rossiya — 2019” unvonini 20 yoshli Alina Sanko qo‘lga kiritgan edi. U mamlakat nomidan “Dunyo go‘zali”, “Koinot go‘zali” xalqaro tanlovlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.

От qwert.uz